|

Elyor To'laganov: Imtihonlardan yaxshi o'tishingizni tilab qolamiz. Imtihondan so'ng qishki ta'til e'lon qilinadimi?
Aziza Halilova: Ha albata, 15-dekabrda oxirgi imtihonimiz. Keyin bo'lsa ta'til.
Elyor To'laganov: Demak Aziza taxminan 1 oylardan so'ng Toshkentga qaytar ekan. O'tgan galgi suhbat yurt sog'inchi haqida so'z yuritgan ediz... Umuman olganda yurtidan uzoq bo'lganda har bir insonda yurt sog'inchi bo'ladi. Bu haqda nima deysiz?
Aziza Halilova: Ha, bu gapizga qo'shilaman, yurt sog'inchi judayam qiyin kechadi. Ota - onamni, vatanimni, yaqin insonlarimni juda sog'inaman. Bilasizmi, 17 yoshimda ketib boshida juda qiynalganman, ko'p studentlarimizni sabrlari yetmasdan, qaytib ketishadi. Meni orqaga yo'lim yo'q edi, chunki o'qishim bu kelajagim, eng birinchi qadamlarni shundan boshlanishini bilardim. Ona vatanimni juda sog'inaman, hatto ishonasizmi Malayziyada to'satdan o'zbek yoki qozoq va ruslarni ko'rib qolsak, juda hursand bo'lib, qo'l berib ko'rishamiz, huddi o'z qarindoshimizni ko'rib qolgandek.
Elyor To'laganov: Hozirda ancha ko'nikib qoldingizmi?
Aziza Halilova: To'risini aytsam ha, hozir ossonroq. O'qishim juda ko'p, do'stlarim zerikishga yo'l qo'yishmaydi, yaxhsi insonlar atrofimda.Ancha moslashdim, lekin baribir sog'inaman. Hatto bilasizmi, bilet olib O'zbekistonga qaytgilarim keladi. (kuladi)
Elyor To'laganov: O'zbekistonga tez - tez kelib turasizmi?
Aziza Halilova: Ko'proq borishga harakat qilaman. 1 yilda 3 - 4 marta boraman. Do'stlarim boshqa shaharlarga, orollarga dam olgani borishadi. Hatto o'zim ham dunyo kezishga, davlatlarga borishga hali ulguraman deb, O'zbekistonga qaytaman.
Elyor To'laganov: Qishki ta'til paytida yangi ijod namunalari yaratish haqida o'ylab ko'rdingizmi?
Aziza Halilova: Ha o'yladim, ko'p loyihalar bor. Yangiliklar bo'lib qoladi.
Elyor T: Rasmlaringiz tarqalishini asosiy sababi nima deb o'ylaysiz va bunga qanday qaraysiz?
Aziza Halilova: Oddiy hol deb, hatto o'rganib ham kettim. To'g'ri rasm bu unchalik yaxshi narsa emasdir, lekin men o'zim rasmga, o'zim uchun tushaman. Ota - onamga, do'stlarimga, hatto chet eldagi hayotim qanday ketayotganligini bilishlarini hohlayman. Tarqalishiga kelsak, bir men emas, ko'pchilikning su'ratlari tarqalgan. Faqat bir narsadan hafa bo'laman, internetda rasmlarimdan foydalanib, mani nomimdan o'tirganlarni ko'pini ko'rdim. Nima ham derdim, hudoyim o'zi insof bersin.
Elyor To'laganov: Malayziyadagi rasmingizni ko'rdik. Syemka paytida. U yerda ham kinolarda chiqayapsizmi???
Aziza Halilova: O'qishimizda xar hil tadbirlar bo'lib o'tadi. Tadbirlarga esa ko'plab mashhur Malayziya, Bolliwooddagi ijodkorlar tashrif buyurishadi. Kinoga to'xtaladigan bo'lsak, Malayziyada 1 , 2 ta kinoda chiqgandim. Hozir esa o'qish bilan band bo'lib, hech narsaga vaqt yetmayapti.
Elyor T: Do'stlaringizni O'zbekistonga taklif qilganmisiz?
Aziza Halilova: Har doim taklif qilaman, hatto bu safar kelishimga yaqin bir Malaziyalik do'stim bilan kelaman, Ismlariga kelsak, huddi bizga o'xshab Farida, men esa Kaka deb chaqiraman, Malayziyada bu so'z "Opa" degan ma'noni bildiradi. :) Mendan ancha katta bo'lishlariga qaramasdan bir guruhda o'qiymiz, juda yaqin dugonamiz. Bu safar ularni, oilam bilan tanishtirmoqchiman.
Elyor T: Malaziyada O'zbekistonni qay darajada bilishadi?
Aziza Halilova: Malayziyadami? Bilasizmi bilimga ega insonlar bilishadi, hatto ba'zida tariximizni aytib bergan paytlari ham bo'lgan. Bilmaganlarga kelsak, shu zahotiyoq yurtimiz haqida gapirib beramiz.
Elyor T: Kelajakdagi rejalaringiz qanday?
Aziza Halilova: Kelajakdagi rejalarimni albatta vaqt ko'rsatadi. Hudo hohlasa niyatlarim katta!
Elyor To'laganov: Saytimizni kuzatib borasizmi? [www.SHOU-STARS.uz nazarda tutildi]
Aziza Halilova: Har doim.
Elyor To'laganov: San'atni sog'ingan paytingiz nima qilasiz?
Aziza Halilova: Ashula etaman. Yangi ideyalar to'lib ketadi gohida. To'risni aytsam, o'zimni chalg'itishga harakat qilaman. Eng katta hobbiyim bu rasmga tushish. Bu esa mani kamchiligim bo'lsa kerak, har yerda rasmga tushib, har soniyani saqlashni o'yliyman.
Elyor To'laganov: Demak Aziza san'atni sog'ingan?
Aziza Halilova: Juda, juda, juda.
Aziza Halilovadan aniq 5 ta FAKT! 1. Sevimli mashina rusumingiz: - Lambarjini hamda Ferrari. 2. Sevimli mashg'ulotingiz: - Katta tennis va suzish. 3. Kimga o'xshashni hohlaysiz: - O'zimga 4. Sevimli fasl: - Yoz 5. Qanday sovg'alar yoqadi: - Chin ko'ngildan berilgan barcha sovg'a.
|
Izohlar