|
— To'rg'isini ayting, shuncha yillik turmush davomida rafiqangizni urganmisiz?
Farruh Komilov: — Xammani oldida u menga qilgandek, muamila qilmayman. Chetga chaqirib vaziyatni yotig'i bilan tushuntirib, yahshi gap bo'lmaganini aytaman.
|
Anvar Sanayev: — Oilaviy xayotimiz davomida turmush o'rtog'imni urmaganman. Xar qanday vaziyatgada xam to'g'ri gap bilan tushuntirish mumkin. Nazarimda, urgan odam doim yutqazgan.
Sherzod Davronov: — Unaqasi bo'lmagan. Urushib qolish, qattiq gaplar bo'lishi mumkin. Ammo urmaganman!
Adxam Soliyev: — Ayol kishiga qo'l ko'tarish yahshi ish emas. Ammo jaxil chiqqanda aql ketadi. Meni xam aqlim qochganda, baqirib qo'yishim mumkin.
Abduhoshim Ismoilov: — xech qachon. Bu xaqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Dunyodan bittagina ayol so'zini gapirganimizda, labimiz-labimizga tegmaydi. Guldek nozik, jannat eshiklari ochiq bu zotga, xatto jaxil xam qilib bo'lmaydi.
O'lmas Allaberganova: — yoshligimda bo'lgan. Ammo musht bilan emas. Bir ikki jaxlimni chiqarganda shapaloq urganman.
Maxmud Namozov: — Ayolim o'zi indamasgina. Uni urib nima qildim. Xech urmaganman.
— Turmush o'rtog'ingiz, do'stlaringiz yoki mexmonlar davrasida o'tirganingizda, sizga qo'pol muomala qilsa…
Tolibjon Isroilov: — Tabiatdan xamma narsani bosiqlik bilan xal qiladigan insonman. Shuning uchun xam bu masalada bosiqlikni unutmagan xolda yo'l tutaman.
Davron Ergashev: — Uyga borgandan keyin bo'lib o'tgan vaziyat yahshi ish emasligini tushuntirardim.
Doston Ubaydullayev: — O'sha payt unga indamayman. Balki, kulib, «o'zingizni bosib oling», deyishim mumkin. Ammo tashqariga chiqqanimdan so'ng, o'zim bilaman nima qilishni.
Diyer Maxkamov: — Birinchidan meni turmush o'rtog'im unday ish qilmaydi. Agar shunday vaziyat bo'lsa, vaziyatga qarab ish tutaman.
— Uyga kelsangiz, rafiqangiz uhlayotgan bo'lsa…
Firdavs Pazliddinov: — Odatda, ishdan qaytganimda turmush o'rtog'im meni kutib o'tirgan bo'ladi. Lekin siz aytgan vaziyatga duch kelsam, uni bezovta qilmaslikka xarakat qilaman.
Rashid Xoliqov: — Ishdan kelganimda hotinim uxlayotgan bo'lsa uni uyg'otmayman. Aksincha, ustini ko'rpa bilan yahshilab yopib qo'yaman.
Ravshan Komilov: — Ilgarigi vaqtlarda, uxlayotgan bo'lsa, uyg'otib, nega kutib olmayapsan, deb urushardim. Xozir esa, bolalarga qarab, charchaydi deb ko'pincha indamayman.
Samandar: — Kelganimda men bajara olmaydigan ishlarni qilishim kerak bo'lsa, rafiqamni uyg'otaman. Agar uning ko'magisiz xam amallay olsam nima qilaman uni shirin uyqusini buzib?
Shuhrat Qayumov: — Nima xam qilishim mumkin. U xam inson, charchagan bo'lishi mumkin. Indamayman. Sekin-astalik bilan ovqatimni istib, yeymanda, kirib uxlayveraman.
Рекламная пауза*
У вас есть большие деньги и хотите купить дом, но не знаете какой? Тогда посмотрите на сайте - Domik.net фото недвижимость и выберите для вашего бизнеса нужный.
|
Izohlar