YULDUZLAR
Yulduz haqida ma'lumot
| Sardor Rahimxon haqida |
Sardor Rahimxon
|
| Batafsil... |
Yulduz haqida ma'lumot
| Manzura haqida |
To'liq ism–sharifi Yuldasheva Manzura Muborakovna |
| Batafsil... |
So'rovnoma
Yulduz haqida ma'lumot
| Shoxrux haqida |
1. Ismi sharifi: Shodmonov Shoxrux O`ktamovich; |
| Batafsil... |
Yulduz haqida ma'lumot
| Oybek va Nigora haqida |
Oybek Tug’ilgan joyingiz? |
| Batafsil... |
| Boris GAFUROV yoshlikdagi bezoriligi, bahtsiz sevgisi, pul to'plash ilinjidagi «kinochi»lar xaqida |
| Boshqa yulduzlar | |
| 12.11.2011 16:54 | |
Кто как Вы думаете на свадьбе главный человек? Жених? Невеста? Нет! На свадьбе делает атмосферу тамада!
SABINA, radioboshlovchi: — Boris Gafurov bilan suxbatni uzoq kutishimga to’g’ri keldi. Chunki u interv'yuga taklif qilganimdan so’ng tahminan bir oy o’tgach, suxbatlashish vaqtini belgiladi. Ammo interv'yu belgilangan kundan bir kun oldin qo’ng’iroq qilsam, dedi:
— Suxbatni qoldiraylik, shahsiy muammolarim chiqib qoldi. Xozir interv'yu bersam, gaplarim sohta chiqishi mumkin. Kayfiyatim yo’qroq.
— Tushunaman. Unda qachon?
— Bilmasam.
— Mayli, sizni buguncha bezovta qilmay turaman, ammo biling-ki, ertaga baxonani qabul qilmayman.
— Kelishdik.
Ertasiga esa telefon qo’ng’iroqlarimga umuman javob bermadi. Tavakkal qilib, u ishlaydigan teatrga kirib bordim. Meni ko’rib, biroz jaxli chiqdi:
— Ahir iltimos qilgandim-ku?!
— Interv'yu berish-bermaslik sizning ishingiz, ammo men qancha kerak bo’lsa, shuncha kutaman, faqat shu erda!
— Kechgacha vaqtim bo’lmaydi.
— (Qat"iy oxangda) Unda kechgacha kutaman.
Ohiri ikki soatlik majlisdan keyin menga vaqt ajratdi. Bu orada men o’zim o’qishni boshlagan asraning yarmini o’qib qo’yuvdim.
— Esingizdami, menga «bizda qobiliyatli jurnalistlar yo’q», degandingiz? Gapingizga qarshi chiqaman. Iloji boricha interv'yuni imkoniyatlarim doirasida o’tkazishga urinib ko’raman.
— (Jilmaydi) Albatta.
— Xatti-xarakatlar tili xaqidagi kitobni o’qiganmisiz?
— Yo’q.
— Men esa o’qiganman. Unda aytilishicha, sizning xozirgi xolatingiz suxbatdosh uchun butkul «epiq»ligingiz belgisi ekan (U qo’li va oeqlarini chalishtirib o’tirardi). Siz bilan til topishishim uchun men xam huddi shunday o’tirishim kerak (Unga o’hshab o’tirib oldim). Interv'yu olishga noqulay ekan… Boshqa xolatda o’tiraylik.
— (Jilmaydi) Bemalol.
— Raxmat! Ana endi boshladik. Juda istarali va qobiliyatli akterligingizni e"tirof etishga xojat yo’q. Ayting-chi, spektakl' jaraenida tomoshabinlar orasida sevgan insoningiz o’tirganini bilsangiz, xayajonlanasizmi?
— Men xamisha saxnaga chiqishdan avval xayajonlanaman. Tomosha zalida men uchun aziz, sevimli eki tanish inson bor-yo’qligidan qat"i nazar, bu xis meni tark etmaydi. Hayajon saxnaga chiqishim bilan ich-ichimdan isen ko’tara boshlaydi. Akter buni xis etmadimi, demak, u kasbini o’zgartirishi kerak.
— Shuncha yillik tajribangiz bor ahir, demak, saxnaga bemalol chiqa olishingiz kerak, menimcha…
— Aksincha, teatrga kelgan xar bir tomoshabin mexrini xar safar yangitdan qozonishim kerak. O’tgan spektaklda bir tomoshabin e"tiboriga sazovor bo’la olding, bu gal boshqasi… Demak, xammasini boshidan boshlash kerak.
— Faoliyatingiz bilan bog’liq xolda ko’pincha tashqi ko’rinishingizni o’zgartirib turishingizga to’g’ri keladi. Bu ruxiyat va fe"l-atvoringizga ta"sir ko’rsatadimi?
— Bu rolimga bog’liq. Xar bir yangi rol' kayfiyat va fe"limga ta"sir o’tkazmay qolmaydi. Ahir uni ich-ichimdan xis etib, yangi personajning botiniy xaetiga singgan xolda. o’ynayman-ku! U kabi fikrlashga, hatti-xarakatlarini oqlashga intila boshlaysan, mijoziga hos jixatlarni izlaysan. Tabiiyki, bu omil mening ruxiyatimda xam qisman iz qoldiradi.
— Demak, ta"sir ko’rsatgan ekan-da?
— Menimcha, xa. Asosiysi, o’zligimni yo’qotmasligim muxim. Bu murakkab masala, ammo imkon qadar xarakat qilayapman.
— Sizni kinofil'mda rol' o’ynashga taklif qilishsa, javobingiz «xa» bo’larmidi eki «yo’q»?
— Ko’pincha «yo’q»!
— Nima uchun?
— Sababi bugungi kun kinematografiyasida yuz beraetgan xolatlardan ich-ichimda tug’en ko’tariladi. Ayrim menga taklif qilinadigan scenariylar, kino bilan shug’ullanuvchi insonlarning professionallik darajasi eqmaydi. Ayrim rejisserlargina bu ish bilan shug’ullanishga xaqli deb xisoblayman. Qolgan «olomon» esa nima uchun bu fil'mni suratga olaetganini tushunmaydi xatto. Go’eki ular uchun eng muximi tezgina nimanidir suratga tushirsa-yu, kinoteatrda namoyish etib, pul to’plab olsa. Rejisserdan «ushbu saxna bilan nima demoqchimiz, partnerim bilan o’zaro munosabat qanday bo’lishi kerak», deb savol berib qolsangiz, «sen tajribali aktersan-ku, barchasini bilganingcha o’ynayver», deb javob beradi. Bunday taajjublanarli va asabbuzar xolatlarga qarshiman.
— «Ilxom» teatrida tomoshabin akter nafasini xis etib turadi. Bu ijro jaraenida xalal bermaydimi? Murakkab vaziyatlar keltirmaydimi?
— Barchasi tomoshabinga bog’liq. Albatta ba"zida qo’l telefonining jiringlashi (xatto ogoxlantirilgan bo’lsa-da), qog’ozhaltaning shitirlashi kabilar chalg’itadi. Balki bunda teatrning xam qisman aybi bordir, bunga yo’l qo’ymaslik kerak. Teatrni oddiy Xollivud fil'mi tomoshasi kabi bodroq eb, pepsi, kola ichib ko’rishga yo’l qo’yish, bu — daxshat. Tomoshabin kirsa bo’ldi, deyish kerak emas. Yana bir muxim jixat akterning tomoshabinni fantaziyasi, haeloti olamiga ergashtira olishida. Agar u buning uddasidan chiqa olsa, yo’talib turgan tomoshabin yo’talishdan to’htaydi. Va tomoshabin bilan akterning birgalikda olgan nafasi ilxomlantiradi. Sen nafas olishdan to’htadingmi, u xam cukut saqlaydi. Akter uchun bundan-da totli xolat bo’lmasa kerak. Bir yarim-ikki soatlik muddatga ikki yuz tomoshabin ko’ngli ustidan xukmron bo’lish degani bu. Ko’ngilni yumshatadigan bir saxnani eslayman: «Oq mersedes» degan spektaklning bir saxnasida akter ancha muddat o’lgan odam rolini ijro etib etishi kerak bo’lgan. Qolganlar o’z rolini ijro etgunicha tomosha zalida o’tirgan bir ael sabri chidamay, «bo’la qolsangiz-chi, ahir bola sovqotib qoladi-ku», deb baqirib yuborgandi.
— Scenariy edlash, kun bo’yi repeticiya qilish, suratga olish ishlari va dars berishga tayergarlik ko’rish… O’zingizga bu zaylda ishlab-yashash eqadimi?
— Eqmaganda bunday yashamasdim. Ba"zan shunday bo’ladiki, tashqi dunedan uzilib, xech kimning qo’li etmas joyga berkinib olging keladi. Keyin bunday yashay olmasligingni anglaysan albatta.
— Bu xolatdan qanday chiqib ketasiz? O’rgating…
— Xar hil yo’l bilan. Asosan o’zimni ishga ko’mib tashlashga xarakat qilaman.
В прошлом году со знакомыми решились и рванули в Грецию! Это был настоящий отрыв! Теперь будем ждать Новый год в Финляндии (Турфирма, кстати, улетная – «Лабиринт», вроде как. С ней же и в этот раз ехать планируем!). В ОАЭ тоже возят, однако, у меня личная неприязнь. А ещё летом в Финляндию хотим съездить! — Bunaqa paytda qo’l ishga bormaydi-ku! Bu qiyin…
— Xaet mendan so’rab o’tirarmidi? Buni istaysanmi-yo’qmi demay, turli tashvishlarga ro’baro’ qiladi. Yaratgan insonga ko’tara olmaydigan yukni bermaydi. Berdimi, demak, u uchun bu kerak.
— Irimlarga ishonasizmi? «Kechir» fil'mida qaxramoningiz xalok bo’ladi. Ko’pchilik akterlar bunday rolni o’ynashdan bosh tortishadi.
— Men uchun saxnadagi ajal, bu — qayta tug’ilish, poklanish laxzasi. Bunga faylasufona nuqtai nazar bilan qarayman. Ilon po’st tashlaganini ko’rganmisiz? Bunda u o’lgan xujayralaridan halos bo’ladi.
— Og’ir ish kunidan keyin teatr binosidan chiqib ketaetib, nima xaqda o’ylaysiz?
— Barchasini tashlab ketgim keladi…
— (Xayratlanib) Yo’g’-e?! O’zingizdan «men o’zi kimman, nima qilayapman bu erda?» deb so’raysizmi?
— Shunaqasi xam bo’lgan.
— Qachondir bahtsiz muxabbat asiri bo’lgan ekansiz…
— (Ko’zlarini olib qochdi) Xa, ammo bu xaqda gapirishni istamayman.
— Nima uchun? Dardga chidab azob chekkandan ko’ra, undan qochishni afzal ko’rasizmi?
— Qiynalgim kelmaydi. Undan ko’ra, bu muxabbatdan voz kechganim yahshi.
— Do’stlik-chi? Yo’qotgan do’stingiz Evgeniy Dmitriev xaqida nima deya olasiz?
— U tengi yo’q inson edi. Ikkimizning fe"limiz xar hil bo’lgani bilan bir-birimizni so’zsiz tushunardik. U kabi qalbi keng insonni boshqa uchratmasam kerak.
— Do’stingiz ko’pmi?
— (Keskin) Yo’q! Juda oz… Xammaga ko’nglimni ochavermayman.
— Ishonchingizni qozonish qiyinmi?
— Kimgadir butkul ishonib ketishim qiyin. Faqat menmas, xammamiz xam xaetda aktermiz, doim rol' o’ynaymiz. Ishda, ko’chada, odamlar bilan muloqotda… Ichki dunemizni to’laligicha namoen etmaymiz.
— Akterlik fakul'tetiga o’qishga kiraetib, Ekz'yuperi qalamiga mansub «Kichkina shaxzoda»ning Lis bilan hayrlashuv saxnasini tanlagansiz. Unda «Biz o’zimizga o’rgangan odamlar uchun javobgarmiz», degan jumla bor. Xaetingizda bu shior o’z o’rnini topganmi?
— Afsus, xar doim xam buning uddasidan chiqishning iloji bo’lmaydi. O’zimga o’rgangan insonlarni yo’qotishni qanchalik istamay, xar doim xammasi biz o’ylagandek bo’lmas ekan. Shuning uchun xam birovga qattiq bog’lanib qolishdan qochaman.
— Nimadan ilxomlanasiz?
— Muxabbatdan…
— U bo’lmasa-chi?
— Na iloj… Xaet davom etadi.
— «To’y bola» spektaklida Alhonon obrazini talqin etgansiz. Afsuski, men uni ko’rmaganman, ammo aytishlaricha, bu spektakl' bahtsizlik keltirar emish.
— Men unday deb o’ylamayman. Mazmunini aytib beraymi? Bir kuni oddiy bir yigit qizlarning o’zaro suxbatini eshitib qoladi. Ular bir jin kechasi kelib, qiz bolani o’ziga rom etishi xaqida gaplashishardi. Yigit anchadan buen shu qizlardan birini sevardi. Kech tushganida tashqi ko’rinishini o’zgartirib, jin tusiga kiradi va qizning xuzuriga keladi. Bora-bora qiz jinga o’rganib qoladi. Jin bo’lmish unga «senga munosib qalliq topdim» deb, o’z ismini aytadi va qiz bilan hayrlashadi. Qiz jin aytganidek, yigitga turmushga chiqadi va… asta-sekin so’na boshlaydi. Yigit afsus bilan qizga bor xaqiqatni oshkor etadi. Bu qiz uchun yanada qattiqroq zarba bo’ladi. Shundan keyin yigitga atrofidagilar: «Unga «jin men emasdim, senga elg’on gapirdim» deb ayt, bahtier xolda o’lsin», deydi. Yigit huddi shunday qiladi va qiz bahtli xolda vafot etadi.
— Demak, aellar aslida insonning o’zinimas, haelida u xaqda yaratgan obrazni sevishi rost demoqchimisiz?
— Rost.
— Shuning uchun xam sevgan insonining kamchiliklari ko’ziga ko’rinmaydi.
— Xa.
— Bir suxbatda «biz o’zaro faqat «Ilxom» teatri ijodkorlari uchungina tushunarli tilda gaplashamiz», degansiz. U qanday til?
— Bilasizmi, necha yillardan beri enma-en ijod qilganimizdan bir-birimizga shunchalik o’rganganmizki, ko’pincha xatto so’z ortiqchalik qiladi. Birgina nigox bilan ko’p gapni izoxlash mumkin. Bir-birimizning istaklarimizni so’zsiz tushuna olamiz.
— 1997 yilda Moskvaga ketib, rejisser Timur Bekmambetov bilan birga ishlagansiz. Ammo nima uchundir qaytib keldingiz.
— Buni avval xam ko’p aytganman. Men Toshkentni sevaman, «Ilxom» teatrisiz yashashni tasavvur xam qila olmayman.
— Astrologiyaga ishonasizmi?
— Yo’q.
— Burjingiz saraton, yulduzlar «ushbu burj vakillari vatanidan uzoqda yasholmaydi», deyishadi.
— Bilmasam… Balki shuning uchun qaytib kelgandirman.
— Ijodingiz boshidagi rollar bilan xozirgilari bir-biridan farq qiladimi?
— Rollarim farq qilmaydi, o’zim o’zgardim.
— Sizni eshlikda bezori bola bo’lgan deb tasavvur qilishim qiyin…
— Nega endi?! Shunaqa bo’lganman.
— Qat"iy intizomliga o’hshaysiz.
— Yo’g’-ey! Intizomli bo’lishni emon ko’raman.
— O’zingizga ta"rif bera olasizmi?
— (O’ylanib) Yalqovman.
— Romantikmisiz?
— Ta"sirchan bo’lsam kerak. O’ta mas"uliyatlilik xam ko’pincha xalal beradi. Boshlagan ishimni a"lo darajada bajarishim shart.
— Tush ko’rib turasizmi?
— Ko’pincha yiqilaetganimni, birovdan qochaetganimni ko’raman. Emocional xislarga berilgan paytlarim tush ko’raman.
Hulosa
SABINA: — Suxbat kutganimdan xam a"lo o’tdi, nazarimda. Boris Gafurov oddiy savollarimni falsafiy javoblari bilan boyita oldi. Eng qizig’i, u bilan bir to’lqinda suza olarmikanman, deb qo’rqqandim. Jumlani men boshlasam, u tugatib turdi. «Ilxom» teatri ijodkorlarining o’zaro tilini mukammal bo’lmasa-da salgina tushungandek bo’ldim. So’zsiz bir-birini tushuna olishda gap ko’p ekan.
Loyixa koordinatori: Nigora SOLIXOVA
Fotomuhbir: Ravshan ShOKIROV
Облазил пол интернета, в поисках серьезных компаний занимающихся работой с пластиком (интересовала пластиковая тара). Нашел все-таки! Там ещё услуги по её транспортировке предоставляют, и оборудование для хранения предлагают!
|
So'rovnoma
Yulduz haqida ma'lumot
| Nilufar Usmonova haqida |
1. To'liq ism–sharifi Xakimova Nilufar Ibragimhanovna |
| Batafsil... |
Hamkorlar va Do'stlar
Yulduz haqida ma'lumot
| Lola haqida |
1. Ism-sharifi: Lola Yo‘ldosheva |
| Batafsil... |
So'rovnoma
Yulduz haqida ma'lumot
| Shoxrux haqida |
1. Ismi sharifi: Shodmonov Shoxrux O`ktamovich; |
| Batafsil... |
Yulduz haqida ma'lumot
| Ulug'bek Rahmatullayev haqida |
To'liq ismi : Rahmatullayev Ulug'bek Ibragimovich |
| Batafsil... |










