YULDUZLAR
Yulduz haqida ma'lumot
| Doston Ubaydullayev haqida |
1) Doston Ubaydullaev 1982 yil 30-mart kuni tavallud topgan.
|
| Batafsil... |
Yulduz haqida ma'lumot
| Shohruhxon haqida |
1. To'liq ism–sharifi Yo'ldoshev Shohruh Alisherovich |
| Batafsil... |
So'rovnoma
Yulduz haqida ma'lumot
| Indi haqida |
Xozircha, bu yulduz haqida hech qanday ma’lumot kiritilmagan. Agar siz u haqida biror narsa bilsangiz yulduzlar@inbox.ru ga yuboring |
Yulduz haqida ma'lumot
| Shohruhxon haqida |
1. To'liq ism–sharifi Yo'ldoshev Shohruh Alisherovich |
| Batafsil... |
| Salmon Hon Bollivudning keksa bo'ydog'i |
| Boshqa yulduzlar | |
| 12.11.2011 17:37 | |
По запросу металлические стеллажи поисковики выдают несуразицу! С огромным трудом нашел сайт, занимающийся их реализацией, а так же реализацией различного складского оборудования.
“Bollivudning keksa bo’ydog’i” nomiga sazovor bo’lgan akter o’zining ko’p sonli muxabbat qissalari bilan xam mashxur. Janjalkashligi tufayli juda ko’p pand eganligiga qaramay, o’zining fe"lidan norozi emas. Salmonning ismi bugun Katrina Kaif bilan xamoxang jaranglayapti.
— Balki oila qurish vaqti kelgandir? Xar xolda umr o’tib boryapti...
— Bu savolingizni kinoya o’rnida qabul qilaymi eki g’amho’rlik?!
— Ikkinchisi ma"qulroq.
— Unda bu savolga javob beraman. Bilasizmi, ko’p marta “Endi oila quraman”, degan qarorga kelganman. Ammo qat"iyat etishmagan. Buni tan olmay ilojim yo’q. Balki o’zim orzu qilgan sevgimni uchratmaganim sababli xamon elg’izdirman... Lekin umrim davomida ko’p marotaba “muxabbat qissalarini” ezishga to’g’ri keldi. Ularning har biri yuragimda o’zgacha iz qoldirdi. Ochig’i, oilali odamlarga xavasim keladi.
— Ukalaringiz Arbaz va Suhaylning farzandlarini juda yahshi ko’rar ekansiz...
— Xa, ular mening eng sevimli “o’yinchoqlarim-ku”! To’g’risi, Arbaz bilan Suhaylning oilaparvarligiga xavasim keladi. Ikkisining xam o’g’ilchalari juda aqlli. Ular kelajakda sulolamizning munosib davomchilari bo’ladi. Kelinlarim Malaika xam, Sema xam juda go’zal va oqila aellardan. Ayniqsa, Arbazning rafiqasi Malaikaning e"tiborliligiga xavas qilaman.
— Ayshvariya interv'yularining birida “Calmon meni unutolmaydi”, degani rostmi?
— Bu hakda sizdan eshitayapman… Rostdan xam unutishning imkoni yo’q. Ammo bu xamon sevaman, degani emas. Shunchaki, odamlar shahsiy xaetiga taalluqli bo’lgan taassurotlarni unutishmaydi. Biz o’z yo’limizdan ketganmiz. Oilali ael xaqida esa ko’p gapirish yahshi emas...
— Baribir Abhishek bilan munosabatlaringizda sovuqchilik bordek...
— Menimcha, bu izohtalab holat emas. Bizning oilamiz azaldan Bachchanlarga nisbatan cheksiz xurmatda bo’lgan. Eski rishtalar uzilishiga sababchi bo’lishni istamayman. Abhishek yahshi yigit. Uni akter sifatida xam xurmat qilaman. Xind kinosida Amitabh Bachchanga teng keladigani yo’q. Buni tan olmay ilojim yo’q. Jaya honim esa... Hullas oilaviy munosabatlarimiz saqlanib qolgan.
— Asin bilan munosabatlaringizga Katrina beparvo qaraetganiga ishonish mumkinmi?
— Katrina aqlli qiz. U mayda gap – so’zlarga vaqt sarflamaydi. Juda beparvo deganingizga qo’shilolmayman (kulib). Asin bilan partner sifatida ishladik. Bitta fil'mda ishlagan juftlik xaqida xamisha gap – so’z bo’lishiga o’rganib qolganman. Menimcha, partnerlarimdan birgina Rani bilan ortiqcha g’iybatlar tarqalmagan bo’lsa kerak. Yana bilmadim, men eshitmay qolgan bo’lmasam...
— Katrinaning ota – onasi sizning fe"lingizdan havotir olishlariga qanday qaraysiz?
— To’g’risi, agar qizim mendek yigitni sevib qolsa, tish – tirnog’im bilan qarshi chiqaman. Katrinaning ota – onasi men xaqimdagi bo’lar-bo’lmas gaplarni eshitmaydi, deb ayta olmayman. Eng achinarlisi, bir kuni matbuotda “Katrina Kaifning ota – onasi Bollivud maydonlarida Salmon Honni qidirib yuribdi”, degan mazmundagi maqolaning chop etilishi bo’ldi. Men ularning oldida xijolat bo’ldim. To’g’risi, Katrina bilan kelajak xaqida ko’p gaplashamiz. U farzandlarimga yahshi ona bo’lishiga ishonaman. Albatta uni bahtli qilaman.
— “Tis Mar Hon”da Akshay etakchi bo’lishini “xazm“ qilolmagandirsiz?
— Yo’q, nega doim shunaqa o’ylaysizlar?! Bilasizmi, kino bilan shahsiy munosabatlarni aralashtirish kerak emas. Rejisser Akshayda etakchilik hususiyatini sezgan bo’lsa, bu fojia emas. “Menga turmushga chiqasanmi?”, “Jonginam” kartinalarida xam birga ishlagan edik. Akshay yahshi partner. Bollivudda bu qadar komediyaga moyil akterni topish qiyin.
Достойной заменой недолговечным деревянным паллетам стали новые, пластиковые паллеты. Они намного более долговечны и являются куда более безопасными при штабелированнии.
— Qachonlardir “Salmon Hon” desa, ommaning xayqirig’ini eshitar edik. O’sha xayqiriqlarni sog’inayapsizmi?
— Olqishlar xali xam davom etayapti... Davom etsa-da, baribir sog’inaman... “Seni sevdim” fil'midan keyin deyarli barcha hind qizlari menga oshiq bo’lishgandi. Men xamon shunday deb xisoblayman, balki muhlislarim xam shunday o’ylashar... Bilasizmi, xamma davrning o’z qaxramonlari buladi. Men tengi avlod Shaxid Kapurga oshiq bo’lmasligi aniq!
* * *
Salmon kinodagi mavqeini 23 eshida, 1988 yili “Turmush o’rtoq” kartinasida ikkinchi darajali rol' bilan boshlagan. Fil'mdagi partneri mashxur aktrisa Rekha bo’lgan. Afsuski, bu fil'mda Salmonni “paykash” qiyin. Bollivudning mashxur rejisseri Suraj Barjatiya Salmon uchun omadi eshigini ochib beradi — “Seni sevdim” fil'midagi bosh rolga Salmonni tanlaydi. Salmon 1989 yilda aktrisa Bhagiya Shre bilan shu fil'mda suratga tushadi. Aynan shu fil'm uning yulduzli onlarini boshlab beradi.
“Darakchi” ma"lumotnomasi
Tug’ilgan yili — 1965 yil 27 dekabr.
To’liq ismi — Abdul Rashid Salim Salmon Hon. Oilada to’ng’ich o’g’il.
Otasi — Bollivudning mashxur scenariychisi, prodyuseri Salim Hon.
Onasi — Salma Hon, rassom.
Ukalari — Arbaz va Suhayl Hon akterlik, prodyuserlik ishlari bilan mashg’ul.
Singillari — Alvira va Arpita Hon kinoga dahldor emas.
Xozirgi kunda Salmonning fil'mografiyasida 100 dan ortiq fil'mlar bor.
BILASIZMI?
Salmonning oilasida xamisha mo’"tadil “xavo” xukmronlik qilgan. Otasining ikkinchi rafiqasi, mashxur aktrisa va raqqosa Helenning farzandlari yo’q. Ammo Salmon va uning uka-singillari Helenni o’z onasidek e"zozlashgan.
YaNGILIKLAR
“O’TKINChI DUNE” REJISSSERIDAN YaNGI LOYIHA
Bollivudda mavqeini mustaxkamlashga xarakat qilaetgan rejisserlardan biri Nikhil Advani yangi loyixaga qo’l urdi. Dastlab rejisser erdamchisi sifatida ish boshlagan Nikhil 2003 yildan professional rejissurada o’zini sinab ko’radi. Uning mega-yulduzlar ishtirokidagi birinchi fil'mi — “O’tkinchi dune” (2003) dune ekranlaridan munosib o’rin egallagan. Undan so’ng “Salom, ey ishq”, “Chandini Choukdan Hitoygacha” kabi fil'mlari xam tomoshabinlar e"tiborini qozondi. Ayni paytda boshlaetgan loyixasi xam Bollivud olamida yangilik bo’lishi kutilmoqda. Sababi, uning xali nom qo’yilmagan, ammo rejalashtirilgan fil'miga Xindistonning eng mashxur aktrisalari tanlab olingan. Madhuri Dikshit, Shabana Azmi, Priti Zinta, Dimpl Kapadiya, Karishma Kapur, Rani Mukerji, Dipika Padukon va Jeneliya De Suzalar bir vaqtda bosh rol' ijrochisi bo’lishlari kutilmoqda. Ushbu shov – shuvli fil'mni suratga olish ishlari 2012 yilda boshlanadi.
AMIR HON “TEZLIK 3”DA
“Tezlik 3” fil'mi xaqidagi shov – shuvlar “Tezlik 2”ning prem'erasidan oldin tarqalgan edi. Vaqt o’tib o’sha gap – so’zlar o’z isbotini topadi, shekilli. Boisi, prodyusser Adit'ya Chopra Amir Hon bilan aynan “Tezlik 3” uchun shartnoma imzoladi. Eslatib o’tamiz, “Tezlik 1,2” fil'mlarida Jon Abraham, Ritik Roshan salbiy qaxramonlarni ijro etishgan edi. Endi navbat Amir Honga keldi. Fil'mdagi policiyachilar rolini Abhishek Bachchan va Uday Chopra ijro
В данный момент достаточно сложно спрогнозировать, какие будут средние в Анапа отдых цены 2012 году.
|
So'rovnoma
Yulduz haqida ma'lumot
| Lola haqida |
1. Ism-sharifi: Lola Yo‘ldosheva |
| Batafsil... |
Hamkorlar va Do'stlar
Yulduz haqida ma'lumot
| Indi haqida |
Xozircha, bu yulduz haqida hech qanday ma’lumot kiritilmagan. Agar siz u haqida biror narsa bilsangiz yulduzlar@inbox.ru ga yuboring |
So'rovnoma
Yulduz haqida ma'lumot
| Bojalar haqida |
Jahongir haqida qisqacha ma'lumot
|
| Batafsil... |
Yulduz haqida ma'lumot
| Oybek va Nigora haqida |
Oybek Tug’ilgan joyingiz? |
| Batafsil... |










