Fotogalereya

Yulduz haqida ma'lumot

Shahzoda haqida

Musaeva Zilola Bahodirovna 28 iyul kuni tavvalud topgan.

Burji: Arslon 
Onasi: Musaeva Maya – Filolog (rus tili va rus adabiyoti o’qituvchisi) 
Otasi: Musaev Bahodir – Faylasuf fanlari doktori 
Akasi: Musaev Erkin – Tadbirkor 
O’g’li: Yorie Salih – maktab o’quvchisi

Batafsil...

Fotogalereya

Yulduz haqida ma'lumot

Bojalar haqida

Jahongir haqida qisqacha ma'lumot

1.  To'liq ism–sharifi Poziljonov Jahongir G'ayratovich 
2.  Laqabi yoki tahallusi Yo'q 
3.  Tug'ilgan joyi va vaqti Toshkent shahri, 4 mart 1978 yil 
4.  Vazni 54 kg 
5.  Bo'yi 172 sm

 

Batafsil...

So'rovnoma

Erkak yulduzlar reytingi
 

Yulduz haqida ma'lumot

Ziyoda haqida

1.  To'liq ism–sharifi Qobilova Ziyoda O'tkirovna 
2.  Laqabi yoki tahallusi Ya-ya 
3.  Tug'ilgan joyi va vaqti Toshkent shahri, 7 yanvar 198… 
4.  Vazni 45 kg 
5.  Bo'yi 155 sm 
6.  Millati O'zbek

Batafsil...

Fotogalereya

Yulduz haqida ma'lumot

Manzura haqida

To'liq ism–sharifi Yuldasheva Manzura Muborakovna 
Laqabi yoki tahallusi Ponchik 
Tug'ilgan joyi va vaqti Toshkent shahri (6-tug'ruqxonada), 21 fevral kuni, ertalabki 7:20da 
Vazni 53 kg 
Bo'yi 166 sm

Batafsil...

Fotogalereya

Biz bilan aloqa

Savollar va takliflar bo'lsa
yuboring.

«Orzulari armon bo'lgan bolam»!
(135 Голосов)
Bojalar haqida qiziqarli ma'lumotlar
«Orzulari armon bo'lgan bolam»!"Bojalar" guruhi va ular bilan bo'lgan mudhish avtohalokat haligacha barcha OAVlarining diqqat markazida. Ba'zilar xali ham "Bojalar" guruhining solisti Mo'min Oripovning bevaqt o'limiga ishonmayotgan bo'lsa, boshqalar uning ota-onasiga ta'ziya bildirishmoqda. Bir necha kun ilgari portalimiz orqali Mo'min Oripovning volidalari Jamila aya bilan bo'lib o'tgan suhbatni havola qilishimiz haqida aytib o'tgan edik. Mana nihoyat, ko'plab muxlislarning talab va istaklariga binoan biz Mo'min Oripovning xonadoniga tashrif buyurdik...

Kelganimizda, eshikni Mo'min Oripovning padari buzrukvori Mahmud aka ochib, ichkariga taklif qildilar. Mo'minning onasi va ukasi chiqib ketishganligini, tez orada qaytib kelishlarini aytdilar. Ular kelgunlariga qadar Mahmud aka bir kalima qur'on tilovat qilib, ko'zlariga yosh olib, Mo'min Oripov bilan bog'liq ba'zi-bir voqealarni so'zlab berdilar...


– Mo'min, bu yil to'y qilib, ukasi Ma'murni yaxshi niyatlar bilan uylantirmoqchi edi. Lekin o'ylagan orzusiga yeta olmadi. Umri bunchalar qisqa bo'lmasa... Hech qachon dam olish nima ekanligini bilmay o'tdi. Xatto ba'zi katta san'atkorlar ham ta'ziyaga kelishganligida, Mo'minning o'zini ishi qolib, bizga yordam berardi,-deb bot bot eslashdi.
– Maktabda 10 yil, oliygohda 4 yil o'qigan bo'lsa, darslardan umuman qochmagan. Har doim o'qituvchilari unga butun guruh yoki sinfni tashlab chiqib ketishardi. Mo'minjon ularga dars o'tardi... Darsdan tashqari esa ustozlaridan yordamini ayamasdi.

Shu orada eshik taqilladi va Mo'minjonning onalari Jamila aya va ukasi Ma'mur kirib kelishdi. Ko'rishib, bir kalima qur'on tilovatdan so'ng, og'ir bo'lsada Mo'min Oripovning onajonlari Jamila ayani suhbatga tortdik...

– Mo'min aka, haqiqiy iste'dod sohibi edi. Ular ijrosidagi xazilomuz va biroz xaqiqatni o'zida singdirgan qo'shiqlari xalqimiz orasida juda mashhur. Keling Mo'min akaning yoshlik damlarini esga olaylik. Umuman maktab davrida qanday edi...
– Bolam mehnatda katta bo'lgan. Ilk bora maktabga borganida juda xursand bo'lganman. Har doim o'qituvchilari Mo'minga butun sinfni ishonib topshirib ketishgan vaqtlari ham bo'lardi. Maktabdagi tadbirlar Mo'minning ishtirokisiz o`tmagan. YOshligidan she'r yozib ham turardi. Undan tashqari bolam chiroyli rasmlar ham chizardi. Agarda maktabda biror tadbir uchun devoriy surat tayyorlanishi kerak bo'lsa, kechasi bilan o'tirib bo'lsa ham shuni tayyorlardi. So'nggi qo'ng'iroq kuni 200 ta shar sotib olishgan va kechasi bilan ustalarga sahna qurdirib sharlarni uxlamasdan ishirib bezab chiqishgan. So'nggi qo'ng'iroq bayramiga bag'ishlab she'r ham yozgan.

(Jamila aya, shu o'rinda maktab davrida suratga olingan fotosuratlar va Mo'min Oripovning maqtov yorliqlari, ota-onasi uchun yuborilgan rahmatnomalar, a'lo darajadagi shahodatnomasi, turli mavzularda chizgan suratlari va esdalik sovg`alarini ko`rsatdilar. Narsalar orasidan Mo'minjon Oripovning so'nggi qo'ng'iroq bayramiga bag'ishlab yozgan she'ri chiqib qoldi. Quyida sizga ushbu she'rni xavola qilamiz)

– 9-sinfda rus estradasining yulduzi Yura Shatunovning qo'shig'ini o'zbekchaga tarjima qilgan. Lekin ushbu she'rni qayerga qo'yganini topa olmadim. "Qorong'u tunda, oydin kechada kutay seni qaysi ko'chada" degan satrlari bor edi... Lekin bir marta ham o'gil bola bo'lib turib darsdan qochmagan. Qachon maktabga borsak, o'qituvchilari turgazib qo'yib bergan tarbiyalaringizga ming rahmat deb aytishardi. Bir kuni matematika o'qituvchisi chaqirdi. "Men bugun o'g'lingizga 2 baho qo'ydim",-dedi. "Nimaga 2 qo`yasiz",-desam, o'zini masalasini ishlab bo'lib, sinfdagi boshqa hamma o'quvchilarning masalasini ham ishlab beribdi. Shuning uchun 2 baho qo'ydim dedilar... Ta'ziyaga sinf rahbari Vasila opa keldilar, ishonmayman deb. Maktabni A'lo darajali shahodatnoma va turli xil maqtov yorliqlari bilan tamomlagan. Undan so'ng, institutga xujjatlarni topshirdi va imtihon javoblari e'lon qilinganida, hursand bo'lib keldi. "Onajon byudjetda 1-o'rinda turibman",-dedi. Mo'minjonimning vafotidan so'ng barcha narsalarini olib qo'yganman. O'g'li Bilolxo'ja katta bo'lganida ko'rsataman.
– Sizlar bilan munosabati qanday edi, Fe'l-atvori borasida nima deya olasiz?
– Qanaqa munosabatda bo'lardi? Bolam bilan o'rtamizda hech ham sir bo'lmagan. Har doim adajon-oyijon deb chaqirardi. Hech kimga qattiq gapirmagan. Na bizlarga, na turmush o'rtog'i va na bolasiga... Hammamizga shirinso'zlik bilan murojaat qilardi. O'rtoqlari xazil qilib, ha bundoq so'kib turgin,-deb o'rgatisharkan...

(Shu o'rinda Jamila aya Jahongir Poziljonov va Mo'minjon Oripovlar ilk bora "Bojalar" guruhi bo'lib chiqishganida yozilgan birinchi tanqidiy maqolani, "Tunab ketishgani" haqidagi maqolani, Tojikiston Respublikasida bosilib chiqadigan "Zamondosh" gazetasida "Bojalar" guruhining konsert dasturlari haqida yozilgan maqola hamda Mo'min Oripovni avtohalokat tufayli vafot etgani haqidagi maqolani ko'rsatdilar).

- Unga Mo'min deb kim ism qo'ygan?
– Mo'min ismi adasining yaqin o'rtoqlarining ismiga qo'yilgan.

(Jamila aya Mo'min Oripov bilan bog'liq turli fotosuratlarni ko'rsatdilar. Xaqiqatdan ham Mo'minning yoshlik, o'spirinlik va voyaga yetgan davri juda ko'plab esdalik voqealariga boy bo'lgani ko'rinib turardi. Farzandi Bilolxo'jani hayvonot bog'iga olib borilganda, tushirilgan fotosurat ayniqsa e'tiborimizni tordi. Chunki bu fotosuratda Mo'min Oripov juda bahtiyor qiyofada namoyon bo'lgan edi...)

– Mo'minjon birinchi o'zbek ayol poroshyutchisi Xabiba Umarovaning nabiralari bo'ladi. Bir kuni rasm darsida ustozi aytgan ekanlar, xohlagan mavzuingizda rasm chizinglar,-deb. Mo'min esa, buvisining paxovoy ro'molda tushgan fotosuratlarini chizgan ekan. O'qituvchisi shu rasmga 5 ta "5" baho qo'yganlar. Yuqorida aytganimdek, rasm chizishga juda usta edi. Rasmni qoyilmaqom tarzda chizardi.
– Mudhish voqea yuz bergandan so'ng, hech tushingizga kirdilarmi?
– Yo'q. Meni ham adasini ham tushlariga kirgani yo'q.
– Bilolxo'ja nabirangiz haqida nima deya olasiz?
– (Ko'zlariga yosh olib) Xuddi otasiga o'xshaydi. Tillari chiqqanini ko'rmay o'tib ketdi... O'g'liga adangni ismi nima desangiz, Mo'min deydi. Bir kuni Jahongir kelib qoldilar. Shifoxonadan chiqqan kunlari, qur'on tilovat qilish maqsadida kirgan ekanlar. Bilolxo'ja ko'rib qolib, A-a deydi. "Sen kelding adam qani?" deyapti degandek. O'zi disk qo'yib adasini ko'rib o'tiradi. Ayniqsa, "Paxtakor" qo'shig'ini yaxshi ko'radi. Bizlarga "Ada gol, ada gol" deb shu qo'shiqni qo'yib berishimizni so'raydi. O'g'li o'g'limning ashulalari bilan katta bo'ldi. Ko'rsatmasam, mazasi bo`lmay adam deb yig'laydi. Qizimga ham oson emas. Turli OAV larida yozilayotgan bo'lmagan gaplar barchasi ta'sir qilmoqda. Kuni kecha, bir gazetada"Avtohalokat tushirilgan video lavha bormi?” nomli mavzu ostida katta maqola bosib chiqarilibdi. Shu ham gapmi? Odamlar shov-shuv qilish uchun nimalardan toymaydi. Bizlar shunday qiynalib turgan paytimizda bunday gap-so'zlarga chidolmaymiz. Avvalom bor, hech bir ota-ona bolam demasin. Men uyalmayman, bolamni tog'ora ko'tarib katta qilganman. Adasi ishlardilar. Jarrohlikdan so'ng uyda qolganlar. Har xil gaplarni yozaverishadi. Haligacha Mo'min gastrolga ketgan, xuddi kirib keladiganga o'xshaydi. Mo'minning nikoh kechasida bir yarim mingga yaqin odam bo'lgan edi. Bolam qudalarga joy yetmaydi desam, ona xavotir olmang hammaga joy yetadi degandi. Nahotki o'g'limni so'nggi yo'lga kuzatishga 6000 dan ortiq odam kelsa... Bilolxo'jaga adang qani desam, burchakni, tepalarni ko'rsatadi. Otasi ko'ziga ko'rinayotgandir, balki... Xali-xanuz ishonmayman.
– Jamila aya, Mo'min akaning ohirgi gaplarini eslay olasizmi?
– Mo'min 9:10 larda telefon qildi. Onajon men ketyapman dedi. Qayerga desam, Tojikistonga deb javob berdi. Bolam eson-omon borib kelgin. Tojikistonga yetib borganingda, telefon qilgin dedim. Tushga yaqin, telefon jiringladi, oyijon biz Tojikiston chegarasidan o'tdik dedi. Keyin kunduzi Tursunzoda stadionida, kechki payt esa Davlat Sirkida konsert berishibdi. Rasmlarga tushishgan. Konsertdan so'ng 21:20 larda yana telefon jiringladi. Ona men O'zbekiston chegarasidan o'tdim, xudo xohlasa ertaga Toshkentda bo'lamiz dedi. Bolam, u bu narsa yeb oldinglarmi dedim. Yedik ona xavotir olmang dedi. U yer bu yerda to'xtab dam olib kelinglar deb tayinladim. Yarim tunda xabar keldi, avtohalokatga uchrashibdi,-deb. O'g'lim, kasal bo'lsa ham qarardim,-dedim. Qizim bilan nabiramni olib yugurib kelib, quchoqlab "Onajon-onajon" derdi. O'g'lini eshikni tagiga qo'yib qo'yib o'zlari zinadan pastroqqa tushib, bekinib turishardi. Eshikni ochsam, Bilolxo'ja turardi, adang oying qani deb so'rasam, bekinishgan joylariga qarardi. O'zini to'yi bo'layotganda, kel ukangni ham birga uylantira qolaylik,-deganimizda, yo'q onajon men o'zim keyin uylantiraman degandi. Ungacha ukamning ham ishi yurishadi,-derdi. Mening bolalarim hamma narsalarni noldan boshlagan bolalar. Repetitsiya qilishsa, biznikida, Jahongirnikida yoki Javlonnikida qilishardi. Uchalasi kechasi bilan uxlashmasdi. Oxirgi filmining scenariysini ham bir gal Jahongirnikida, yana bir safar biznikida yoki bo'lmasa Javlonning uyida yozishgan. Lift ishlamasa, pastroqqa tushaylik juda yuqoridasiz oyijon derdi, men albatta katta uchastka quraman. Uchastkada turamiz,-derdi. Uchastkalar ham qolib ketdi... Niyatlariga yeta olmadi bolam. Bilolxo'ja adasini qolib ketgan ishlarini davom ettirib, katta bola bo'lsin.
– Safarga ketayotganlarida kayfiyatlari qanday edi...
– Kayfiyatlari yaxshi edi. Aytganimdek, bizning oilada qattiq gapirish bo'lmagan. Chunki shunday tarbiya olgan bolam. Adasi ham farzandlarimizni hech qachon so'kib, urushib yurmaganlar. Ammo so'nggi paytda jiddiy bo'lib qolgandi. Nima bo'ldi?-desam, oyijon suratga olish ishlari bilan charchayapman-da,-derdi. Hech bo'lmasa biroz dam olgin,-desam, "Ey, ishlarim qolib ketadide, tezroq harakat qilishim kerak",-derdi.
– Armoningiz...
– Bolam juda yosh edi, yashasha bo'lardi. Loaqal bolasini tili chiqqanini ko'rmasdan ketdi. Bolalarim qo'sha-qarisin,-derdim. Qizim ham xaligacha o'ziga kela olgani yo'q. Hech kimni boshiga solmasin!

So'ngra Mo'min akaning onajonlari va otajonlariga o'zimizning minnatdorchiigimizni bildirib, xonadonlaridan chiqdik. Eshik tagiga chiqqanimizda, Jamila aya yana bir nechta voqealarni gapirib berdilar.

– Eshigimizni yonidagi devorga Mo'minjonning muxlislari kelib, sevgi nomalarini bitib ketishardi. Har doim devorni oqlayverib charchardik.

(Liftga chiqdik. Liftdan tushayotiganimizda ham Jamila aya o'z fikrlarini davom ettirdilar...)

Har doim Mo`minjon ko'tarilayotganida yoki tushayotganida liftda qo'lini oyog'iga urib o'zicha musiqa yaratib, bor ovozi bilan qo'shiq kuylardi. Unga men sen kelayotganini qo'shnilar bilishi kerak a?-derdim.

 

Manba: www.shoubiznes.uz

 

Izohlar 

 
0 #12 Jamshid 050 2011-04-13 22:03 mana Mo`min akadan bu dunyoda o`ziga o`xshagan farzandi qoldi! Onasini, buvisini, buvasini baxtiga sog` bolsin Fikr bildirish
 
 
0 #11 zulfiya 2010-10-22 13:35 Kamola opaga sabr tilayman Fikr bildirish
 
 
-1 #10 Begzod 2009-10-20 22:05 man Mo'min akamni ota onasiga sabr toqad tilab qolaman… Fikr bildirish
 
 
-1 #9 Sayyora 2009-10-20 21:54 man bojalar guruhni judayam yaxshi ko'raman mo'min akamni o'lganiga haliyam ishonmiman. Fikr bildirish
 
 
-1 #8 Bahrom 2009-09-25 05:43 Avvalombor men bu xabarni eshitib birinchi ishonmadim. Keyinchalik bu xabarni gazetada o`qib qoldim va so`ngra bu gaplar rostligini bildim. Bu narsa hamm*****ni boshimizda bor. lekin Mo`min ak***** juda erta ketdilar. Men Mo`min akamni oila a'zolariga sabr tilayman. Fikr bildirish
 
 
-1 #7 ILhom 2009-09-09 03:20 Ishonish qiyin Fikr bildirish
 
 
+1 #6 Komoshka 2009-08-27 00:29 Haligacham ishonomiman. Farishtadey inson or*****da yöqligiga! Mömintoyni tariflashga til ojiz. Ula boshqacha odamidila. Ilohim ruhlari shod bösin. Olloh rahmatiga olib, Joylarini Jannatda qilsin. Jamila onajon iltimos odamlani gapiga ahamiyad bermen, odamla iymonini, vijdonini unutvorvotti. Ula gapiruradi. Olloh sabr bersin! Fikr bildirish
 
 
-1 #5 Yunusbek 2009-08-22 17:37 Avvalombor Mo'min akaning oilasiga va yaqinlariga sabr-toqat tilayman hamm***** ham birin ketin bu dunyoni tark etami kimdir erta kimdir kech. Lekin Mo'min aka or*****dan erta hayotdan ko'z yumdi. OXIRATINGIZ OBOD BOLISHINI XUDODAN SO'RAYMIZ Fikr bildirish
 
 
-3 #4 Dj_YopganNON_5771271 2009-08-21 21:53 Dj_YopganNON_Pi oneeR_Mo'min Oripov Fikr bildirish
 
 
-2 #3 Sevar 2009-08-21 21:05 Avvalambor Mo`min akaning oila a`zolari va yaqinlariga sabr toqat tilayman. Jamila aya iltimos bolar bolmas maqolalar va shov shuvlarga etibor bermang odamlarga shov shuv kerak hudo sizga Komila opaga Momin akani bowqa barcha yaqin insonlariga hudo sabr bersin Momin akani OHIRATLARI OBOD BOLSIN! Fikr bildirish
 

Izoh qoldirish

Защитный код
Обновить

So'rovnoma

Sizga sayt yoqdimi?
 

Fotogalereya

Yulduz haqida ma'lumot

Shoxrux haqida

1.   Ismi sharifi: Shodmonov Shoxrux O`ktamovich; 
2.   Tug`ilgan kuni: 1986 yil, 31 yanvar; 
3.   Tug`ilgan joyi: Toshkent shahri; 
4.   Burji: Dalv; 
5.   Kasbi: hozircha xonanda va talaba;

Batafsil...

Hamkorlar va Do'stlar

ALIAS-PHARMA
Баннер
SHOU-BIZNES OLAMI
Баннер
www.ShouBiznes.uz
WWW.DVSTUDIO.TV
Баннер

Yulduz haqida ma'lumot

Abduvali Rajabov haqida

Abduvali Rajabov


1. Ismi sharifi: Abduvali Rajabov Orifjonovich.
2. Tug’ilgan kuni: 1982 yil 22 iyun.
3. Tug’ilgan joyi: Sirdaryo shaxri.

 

Batafsil...

Fotogalereya

So'rovnoma

Ayol yulduzlar reytingi
 

Yulduz haqida ma'lumot

Shoxrux haqida

1.   Ismi sharifi: Shodmonov Shoxrux O`ktamovich; 
2.   Tug`ilgan kuni: 1986 yil, 31 yanvar; 
3.   Tug`ilgan joyi: Toshkent shahri; 
4.   Burji: Dalv; 
5.   Kasbi: hozircha xonanda va talaba;

Batafsil...

Fotogalereya

Yulduz haqida ma'lumot

Shoxrux haqida

1.   Ismi sharifi: Shodmonov Shoxrux O`ktamovich; 
2.   Tug`ilgan kuni: 1986 yil, 31 yanvar; 
3.   Tug`ilgan joyi: Toshkent shahri; 
4.   Burji: Dalv; 
5.   Kasbi: hozircha xonanda va talaba;

Batafsil...