|
Sardor Rahimxon - O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist! |
|
26.08.2009 00:22 |
|
O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 18 yillik shodiyona bayrami arafasida har yili barcha soha vakillari kabi san'at olami vakillari ham unvon, orden va medallar bilan mukofotlanadilar. An'anaga muvofiq bu yil ham san'at olamida o'z o'rniga ega bo'lgan yetakchi ijodkorlarimizdan, xalqimiz ardog'idagi san'atkor Sardor Rahimxon O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist unvoni sohibiga aylandi!
|
Bir necha yil mobaynida tinmay ijod qilib kelayotgan va xalq ko'nglidan allaqachon joy egallagan xonanda Sardor Rahimxon O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist faxrli unvonga loyiq edi. Bugun u ana shu unvon sohibiga aylandi. Davlat mukofoti Sardor Rahimxonni yanada jo'shqin ijod qilishga, muxlislar talablarini qondirish va albatta ona Vatanimiz O'zbekiston nomini dunyoga taratishga undashi shubhasiz. Biz Sardor Rahimxonni ushbu buyuk mukofot bilan chin dildan muborakbod etamiz.
Рекламная пауза* Объявления в социальной сети для музыкантов.
|